Qashqadaryoda suv narxi ikkinchi marta oshirilyapti
Viloyatda ichimlik suvi narxi shu yilning iyul oyida oshgandi.

Qashqadaryo viloyatida suv narxi bu yil hisobidan ikkinchi marta oshiriladi. Bu boʻyicha Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati qarori eʼlon qilindi.
Viloyatda soʻnggi marta ichimlik suvi narxi shu yilning iyul oyida oshgandi. Ammo bugungi kengash qarori bilan ushbu qaror bekor qilingan.
Unga koʻra, aholiga bir kub metr suv uchun 2500 soʻm taklif etilmoqda. Yozda belgilangan narx 2000 soʻm edi, undan oldingisi esa 1000 soʻm.
Bu koʻrsatkich byudjet tashkilotlari uchun 6000 soʻm miqdorida boʻladi (yozdagi narx 4000, undan oldingisi 3800 soʻm edi). Ulgurji isteʼmolchilar uchun esa 10000 soʻm boʻladi (yozdagi narx 7000, undan oldin 6700 soʻm edi).
Mazkur tariflar OAVda eʼlon qilingandan oʻn besh kun oʻtib kuchga kirishi belgilangan.