platina.uz
Jahon

Putinning muxolifi qamoqda izsiz yoʻqolgani aytilmoqda

8 kundan beri Navalniyning qayerdaligi haqida hech narsa maʼlum emas.

Putinning muxolifi qamoqda izsiz yoʻqolgani aytilmoqda

Rossiyada prezident Putinning muxolifi va tanqidchisi Aleksey Navalniyning sheriklari uni Moskva tergov izolyatorlaridan topa olishmaganini aytishmoqda. Avvalroq muxolifatchi qamoq jazosini oʻtayotgan Vladimir viloyati koloniyasida roʻyxatda yoʻqligi maʼlum qilingandi.

Yurist va jamoat arbobi Ivan Jdanov X ijtimoiy tarmogʻida Navalniyning tarafdorlari "Moskvadagi tergov izolyatorlarining koʻpchiligini tekshirgan" va Navalniyni topa olmaganini yozgan.

Muxolifatchi tarafdorlari u haqida bir haftadan koʻproq vaqt davomida maʼlumot ololmadilar. Dushanba kuni Aleksey Navalniyning advokatiga muxolifatchi siyosatchi endi IK-6 koloniyasi roʻyxatida yoʻqligi haqida maʼlum qilindi, biroq ular uning qayerdaligini tushuntirishmadi. Ertasi kuni Baza telegram kanali Navalniy vandalizmda ayblanib, "tergov harakatlari oʻtkazish uchun" Moskvaga koʻchirilgani haqida xabar berdi.

1 dekabr kuni “Navalniy jamoasi” siyosatchi koloniya tergovchisidan unga nisbatan jinoiy ish qoʻzgʻatilgani haqida xat olgani haqida maʼlumot tarqatdi. U Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 214-moddasi bilan ayblangan (bir guruh shaxslar tomonidan yoki siyosiy nafrat bilan sodir etilgan vandalizm). Ushbu modda uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilishni nazarda tutadi.

Umuman olganda, 8 kundan beri Navalniyning qayerdaligi haqida hech narsa maʼlum emas.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid