"Oʻzbekiston temir yoʻllari"da tayinlovlar amalga oshdi
Jumladan, Zufar Narzullayev boshqaruv raisi lavozimiga tayinlandi.

"Oʻzbekiston temir yoʻllari" rahbariyatida tayinlovlar amalga oshirildi.
Jumladan, Narzullayev Zufar Gʻiyasovich – “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruv raisi lavozimiga tayinlandi. U iyul oyida boshqaruv raisi v.b lavozimiga tayinlangandi. Undan avval tashkilotga Husnutdin Xasilov rahbarlik qilgan.
Raxmetov Xikmatulla Narzullayevich – boshqaruv raisining transformatsiya, raqamlashtirish va moliya boʻyicha birinchi oʻrinbosari lavozimiga;
Xasilov Xusnutdin Nuriddinovich – “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ bosh muhandisi lavozimiga;
Kamildjanov Abdumalik Abduvaxitovich – boshqaruv raisining tashishlar va logistika boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga;
Rizayev Elyor Abdumalikovich – boshqaruv raisining temir yoʻl obʼektlarini taʼmirlash va qurish boʻyicha oʻrinbosari lavozimlariga tayinlandi.