platina.uz
Iqtisod

Markaziy bank asosiy foiz stavkasini oshirmadi

Asosiy stavka yillik 14 foiz darajasida oʻzgarishsiz qoldi.

Markaziy bank asosiy foiz stavkasini oshirmadi

Asosiy stavka yillik 14 foiz darajasida oʻzgarishsiz qoldi. Bu haqda MB matbuot xizmati xabar berdi.

Markaziy bank boshqaruvi 14 dekabrda asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida oʻzgarishsiz qoldirish toʻgʻrisidagi qarorni qabul qildi, deyiladi xabarda.

Markaziy bank asosiy stavkasi – inflyatsion targetlash rejimi doirasida pul-kredit siyosatini yuritishning asosiy instrumenti boʻlib, Markaziy bankning tijorat banklari bilan amalga oshiradigan pul-kredit operatsiyalari boʻyicha moʻljal foiz stavkasi hisoblanadi. Ushbu stavkani oʻzgartirish orqali Markaziy bank iqtisodiyotda narxlar barqarorligini taʼminlash uchun zarur boʻlgan pul-kredit sharoitlarini belgilab boradi.

Markaziy bankning tijorat banklari bilan likvidlikni taqdim etish va jalb etish boʻyicha asosiy operatsiyalari (muddati 2 haftagacha boʻlgan depozit, REPO va SVOP auksionlari) asosiy stavka doirasida amalga oshiriladi va banklararo pul bozoridagi operatsiyalarga taʼsiri orqali bank xizmatlari (depozitlar va kreditlar) boʻyicha foiz stavkalarining belgilanishida muhim omillardan hisoblanadi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid