platina.uz
Jahon

Rossiya Kiyevga raketalar yogʻdirdi, 53 kishi jabrlangan

Shahar meri Vitaliy Klichko ahvol boʻyicha bayonot berdi. 

Rossiya Kiyevga raketalar yogʻdirdi, 53 kishi jabrlangan

Kiyev meri Vitaliy Klichkoning aytishicha, Rossiya armiyasining shaharga tungi raketa hujumi natijasida 53 kishi jarohatlangan, ulardan 20 nafari kasalxonaga yotqizilgan.

Raketa qoldiqlari yoʻl qismiga tushishi natijasida suv taʼminoti tarmogʻi shikastlangan. Bundan tashqari, Kiyevning Dnepr tumanida hujum paytida koʻp qavatli uy zarar koʻrgan, xususiy uylardan birida yongʻin sodir boʻlgan.

Ukraina Qurolli kuchlari havo hujumidan mudofaa kuchlari Kiyev osmonida oʻnta S-400 va “Iskander” raketalari hamda oʻnta “Shahed” uchuvchisiz uchoqlarini urib tushirganini ochiqladi. Rossiya esa faqat harbiy infratuzilma va harbiy maqsadlarda foydalaniladigan infratuzilma obektlarida oʻqqa tutilayotgani iddao qilib keladi.

Ukraina rasmiylari Kiyevga hujum haqida oxirgi marta 11 dekabr kuni xabar bergan edi. Ukraina Qurolli kuchlari Harbiy havo kuchlari qoʻmondonligi shundan soʻng havo hujumidan mudofaa kuchlari shahar uzra sakkizta ballistik raketa va 18 ta uchuvchisiz samolyotni urib tushirishga muvaffaq boʻlganini maʼlum qildi.

Vitaliy Klichkoning soʻzlariga koʻra, poytaxtda vayronalarning qulashi natijasida toʻrt kishi jabrlangan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Xarkov viloyatidagi raketa zarbasi tufayli 50 dan ortiq kishi halok boʻlgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid