Qaysi biri qulay: Uzcard yoki Humo? Kartangizdan hech pul yechib olishganmi?
Platina.uz mazkur savol bilan aholiga murojaat qildi va ularning fikrlari bilan tanishdi.
Mamlakatimizda naqd pulsiz hisob-kitoblarni rivojlantirish, jumladan, plastik kartochkalar orqali toʻlovlarni oʻtkazish tizimini takomillashtirish 2004 yilda joriy etilgan edi. Oʻsha paytda "plastik" tizimini xalq orasida maksimal singdirish uchun davlatning oʻzi ishga kirishdi. Naqd pul tanqisligi muammosi yuzaga kelishi oqibatida, nafaqa, stipendiya, oylik-maoshlar ham asta-sekin plastik kartalariga tushirilishni boshladi.
Bu qaysidir maʼnoda insonlarga bir muncha qulayliklarni ham yaratdi(avvaliga bunday qabul qilinmagan boʻlsada)
Mana, oradan qariyb 10 yil oʻtgandan soʻng, zamon talabi bilan plastik kartalari barchaning “oʻng qoʻli” ga aylandi.
Aholi plastik kartochkadan universal toʻlov vositasi sifatida foydalanib kelmoqda, deylik oziq-ovqat doʻkonlarida, turli xizmat koʻrsatish sohalarida. Shuningdek, kommunal xizmatlar uchun toʻlovlarni ham plastik karta yordamida amalga oshirish mumkin. Hatto bozorlarda ham plastik orqali yoki ilova orqali toʻlov qilish imkoni mavjud. Va bu eng qulay vositaga aylandi deyish ham mumkin.
Avvaliga aholi uchun Uzcard plastik kartalari taqdim etilgan boʻlsa, keyinroq 2019 yil 1 maydan Humo kartalari ham chiqarilishni boshlaydi. Aholi oʻz ehtiyojidan kelib chiqqan holda yoki Uzcard yoki Humodan foydalanish imkoniga ega boʻldi. Biroq, ushbu kartalardan qaysi biri koʻproq qulayligi haqidagi savol ochiq qolmoqda. Platina.uz mazkur savol bilan aholiga murojaat qildi va ularning fikrlari bilan tanishdi.
Soʻrovnomamiz natijalariga koʻra aholiga koʻproq Humo plastik kartasi qulayroq. Sabab sifatida esa kamroq summada ishlatmoqchi boʻlsa, kodsiz ham ishlatish mumkinligi; avtobus va metrolarda ham ishlatsa boʻlishi; Humo plastik kartasining raqamlari oʻchib ketmasligi; NFC borligi kabilarni koʻrsatishdi. Ayrim respondentlar koʻp ishlamay qolishini aytmaganda, Humo kartani qulay deyishmoqda, boshqa birlari hali Uzcard ishlatib koʻrmaganligi, faqat Humo ishlatganligini aytmoqda.
Beshdan ortiq soʻrovnoma ishtirokchilari Uzcard kartasidan foydalanishadi.
“Humo koʻp joyda ishlamaydi”, “Bankomatga Humo yaqinda qoʻyildi, Uzcard oldindan qoʻyilgan edi”, “Koʻp joylarga kirsangiz, kartangiz Uzcard`mi deb soʻrashadi”, “Humo koʻpincha ishlamay qolyapti, magazinlarda ham Humo bizda ishlamayapti deb "otkaz” qilib yuborishadi” kabi sabablarni aytishmoqda.
Bundan tashqari, bugun kartalarga firibgarlar hujumi, kartadan pul yechib olish holatlari ham koʻpaymoqda. Yaqinda ham yurtimizdagi banklardan biriga xuddi shunday hujum boʻlganligi haqida xabarlar tarqaldi. Biz aholiga “Kartangizdan hech pul yechib olishganmi?” savol bilan ham murojaat qildik.
Javoblarga koʻra, ikkita respondentimizda shunday holat boʻlgan. Biri “oʻzimning aybim bilan boʻlgan, oʻzim kodimni berib qoʻyganman” desa, yana biri aniq sababini bilmasligini, bankka murojaat qilganda ham ijobiy natija ololmaganini aytmoqda.
Odinaxon Dehqonova