platina.uz
Jamiyat

Oʻzbekistonda Gonkong virusi aniqlandi

Bu haqda Sanitariya-epidemiologiya qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari Nurmat Otabekov maʼlum qildi.

Oʻzbekistonda Gonkong virusi aniqlandi

Oʻzbekistonda grippning A turi (H3N2) — Gonkong virusi bilan kasallanish holati qayd etildi. Bu haqda Sanitariya-epidemiologiya qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari Nurmat Otabekov maʼlum qildi.

Shuningdek, yil boshidan buyon 4 ta holatda “choʻchqa grippi” ham qayd etilgan. Grippning bu turi qoʻmitaning hududiy laboratoriyalari tomonidan bemorlardan olingan laborator tahlil natijalariga koʻra aniqlangan.

Nurmat Otabekov oxirgi haftada respublika aholisi oʻrtasida OʻRVI bilan kasallanish oʻtgan haftaga nisbatan 25,5 foizga, Toshkent shahrida 25,4 foizga kamayganini maʼlum qildi. Uning aytishicha, OʻRVI kasalligi koʻrsatkichlarida epidemik boʻsagʻadan 34,3 foizga pastligi kuzatilmoqda.


Mavzuga doir: Yuqumli kasalliklar koʻpaymoqda. Epidemiya xavfi bormi?

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid