Navoiy viloyatida 4 balli zilzila kuzatildi
Epitsentr Xatirchi tumaniga toʻgʻri kelmoqda.

FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabariga koʻra, Oʻzbekiston hududida mahalliy vaqt bilan 13.12.2023 10:13 da (13.12.2023 yil, Grinvich boʻyicha 05:13 da) zilzila sodir boʻldi. Epitsentr: Navoiy viloyati, Xatirchi tumani — 3-4 ball.
Zilzila koordinatalari: 40,31 gradus shimoliy kenglik; 65,81 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4,2. Chuqurlik 10 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 306 km janubiy-gʻarbda.
Oʻzbekiston Respublikasi hududia sezilish kuchi:
Xatirchi tumanida 3-4 ball, 17 km.
Navbahor tumanida 3 ball, 33 km.
Navoiy shahrida 2 ball, 44 km.
Narpay tumanida 2 ball, 45 km.
Kattaqoʻrgʻon tumanida 2 ball, 49 km.
Nurota tumanida 2 ball, 49 km.
Paxtachi tumanida 2 ball, 52 km.
Karmana tumanida 2 ball, 55 km.
Qoʻshrabot tumanida 2 ball, 61 km.