Talabalar uchun poyezdlarga katta chegirma eʼlon qilindi
Chegirma “Afrosiyob” elektropoyezdi va yuqori klass vagonlarga amal qilmaydi.

"Oʻztemiryoʻlovchi" AJ talabalar uchun 50 foizlik chegirma eʼlon qildi.
"Respublika Oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarga qishki taʼtil mobaynida mahalliy yoʻnalishdagi qatnovlar uchun chegirmalarni eʼlon qilamiz.
Chegirmalar 25.12.2023 dan 7.01.2024 ga qadar oʻrnatilgan tartibda barcha mahalliy yoʻnalishdagi yoʻlovchi poyezdlarning temir yoʻl hujjatining toʻliq qiymatidan 50 foiz chegirma (SV /VIP klass vagonlaridan va yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdidan tashqari) amal qiladi", deyiladi xabarda.
Eslatib oʻtamiz, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining buyrugʻiga bilan qishki taʼtil muddati 2023 yilning 25 dekabridan 2024 yilning 7 yanvariga qadar etib belgilangan edi.
