National Geographic Oʻzbekistonda olingan rasmni yil suratlaridan biri deya eʼlon qildi
Ushbu surat Surxondaryoning Jarqoʻrgʻon tumanida olingan.

National Geographic jurnali yil fotosuratlarini eʼlon qildi. Ular orasida Oʻzbekistonda olingan surat ham bor.
Unda Surxondaryoning Jarqoʻrgʻon tumanida oʻgʻilni Toshkentga oʻqishga kuzatish jarayoni aks etgan.
Suratni Metyu Piley olgan.
Bundan tashqari yil suratlari qatoridan Kanadadagi bugʻular podasi, Italiyadagi gʻordagi zaharli suvga tushayotgan gʻavvoslar, Keniyadagi koʻlga suv ichishga kelgan chiyaboʻrilar, Finlyandiyada mashgʻulot oʻtkazayotgan NATO harbiylari, Oq dengizdagi "dengiz malikasi" nomli meduza va boshqalar oʻrin egallagan.
