platina.uz
Iqtisod

Klasterlar paxta xomashyosini birja orqali jahon bozori narxlarida sotib olishadi

“Qishloq xoʻjaligida erkin bozor munosabatlarini yanada rivojlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi prezident farmoni imzolandi.

Klasterlar paxta xomashyosini birja orqali jahon bozori narxlarida sotib olishadi

Endilikda chigit ekilishidan avval 1 noyabrgacha (keyingi yil hosili uchun 2024 yil 1 fevralgacha), fermer xoʻjaliklari va viloyat ichidagi klaster oʻrtasida tuproq hosildorligi normativlari doirasida fyuchers shartnomalari Tovar-xom ashyo birjasining “paxta xomashyosi seksiyasi”da bir hudud uchun oʻtkaziladigan savdolar orqali tuziladi.

“Qishloq xoʻjaligida erkin bozor munosabatlarini yanada rivojlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi prezident farmoni imzolandi.

Oldi-sotdi jarayonlari mahalliy va boshqa hokimiyat vakillari aralashuvisiz amalga oshiriladi. Yaʼni fermer oʻzi yetishtiradigan paxtaning miqdorini birjaga joylashtiradi hamda balandroq narx taklif etgan viloyat ichidagi klaster ushbu fermer bilan fyuchers shartnomasini tuzadi.

Boshlangʻich narx Nyu-York birjasidagi paxta tolasining oxirgi 12 oydagi oʻrtacha narxi asosida belgilanadi. Barcha paxta xomashyosini yetishtiruvchi xoʻjaliklarga bir oy muddatda birjada ishtirok etish tartibi yuzasidan oʻquv seminar tashkil etadi hamda ularni roʻyxatdan oʻtkazadi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid