platina.uz
Jamiyat

“Bilim uchun 100 million” olimpiadasining gʻolibi aniqlandi

Olimpiadaning 1-oʻrin sohibiga 100 million soʻm, 99 nafar final ishtirokchisining har biriga esa 1 million soʻmdan pul mukofoti naqd shaklda topshirildi.

“Bilim uchun 100 million” olimpiadasining gʻolibi aniqlandi

Yoshlar ishlari agentligi tomonidan oʻtkaziladigan “Bilim uchun 100 million” olimpiadasining bu yilgi mavsumi onlayn bosqichida qariyb 120 ming oʻzbekistonlik ishtirok etdi.

Onlayn bosqichda toʻliq ishtirok etib, eng yuqori oʻrinni qayd etgan TOP-100 ishtirokchi oʻrtasida 12 dekabr kuni Toshkent shahrida ikkinchi bosqichi — final oʻtkazildi.

Finalda Jahongir Toʻrayev eng yuqori ballni toʻplab, birinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi va 100 million soʻm pul mukofoti bilan taqdirlandi. Shuningdek, 99 nafar final ishtirokchisining barchasiga 1 million soʻmdan mukofot berildi.

Maʼlumot uchun, Jahongir Toʻrayev — 2002 yil, 26 yanvarda Samarqand viloyatining Kattaqoʻrgʻon shahrida tugʻilgan. U bugungacha oʻndan ziyod xalqaro matematika olimpiadalari sovrindori va qator nomdor stipendiyalar sohibi boʻlgan.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid