platina.uz
Jamiyat

Nyu-Yorkdan Toshkentga uchayotgan samolyot Rossiyada favqulodda qoʻndirildi

Samolyotda zoʻravonlik sodir etilgani xabar berilgan. 

Nyu-Yorkdan Toshkentga uchayotgan samolyot Rossiyada favqulodda qoʻndirildi

Nyu-Yorkdan Toshkentga uchayotgan Uzbekistan Airways aviakompaniyasi havo kemasida zoʻravonlik qilgan yoʻlovchi tufayli Sankt-Peterburg aeroportiga favqulodda qoʻnishga majbur boʻldi.

Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Hodisa 11 dekabr kuni Toshkent vaqti bilan 07:35 da HY102 Nyu-York – Toshkent reysida sodir boʻldi. Boeing 787 havo kemasi sardori yoʻnalish boʻylab muqobil aerodromga qoʻnishga qaror qildi.

Bortdagi muammo haqida radioaloqa orqali xabar berildi. 1991 yilda tugʻilgan Oʻzbekiston fuqarosi politsiya xodimlari tomonidan reysdan yechildi, deyiladi xabarda.

Kerakli protseduralar amaga oshirilgach, havo kemasi belgilangan ayeroportga parvozni davom ettiradi.

Reysning Toshkentga yetib kelishi Toshkent vaqti bilan 13:00 ga belgilangan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid