platina.uz
Jamiyat

Jizzaxda Energetika vazirligi uchun salkam 10 gektar yer berildi

Buning uchun qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan bu yerlar sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar toifasiga oʻtkazildi.

Jizzaxda Energetika vazirligi uchun salkam 10 gektar yer berildi

Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumani hududidagi 9,54 gektar yer qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar toifasidan sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar toifasiga oʻtkazilib, tuman hokimligi zaxirasiga olindi va davlat mulki sifatida roʻyxatdan oʻtkazildi.

Xalqobod mahallasidagi bu yer maydoni quvvati 550 MVt boʻlgan bugʻ-gaz elektr stansiyasini qurish investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun Energetika vazirligiga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratildi.

Prezident 2023 yil 8 noyabrda “Jizzax viloyatida quvvati 550 MVt boʻlgan bugʻ-gaz elektr stansiyasini qurish investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorni imzolagandi.

Unga koʻra, Oʻzbekiston nomidan Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Turkiyaning CENGIZ ENERJI SAN.VE TIC A.Ş. va Cenergo MChJ bilan "Jizzax viloyatida quvvati 550 MVt boʻlgan bugʻ-gaz elektr stansiyasini qurish" investitsiya loyihasi amalga oshiriladi.

Buning uchun dastlabki baholash boʻyicha jami 500 mln. AQSh dollari miqdorida toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar jalb etiladi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid