platina.uz
Jamiyat

Galataport “Eng yaxshi yangi taraqqiyot loyihasi” sifatida tanlandi

Galataport Istanbul oʻz mehmonlariga oʻzgacha tajriba taqdim etadigan mahalliy va xalqaro brendlarga ega.

Galataport “Eng yaxshi yangi taraqqiyot loyihasi” sifatida tanlandi

Galataport Istanbul, Fransiyaning Kann shahrida boʻlib oʻtgan MAPIC 2023 taqdirlash marosimida maxsus mukofotga loyiq deb topildi. “Eng yaxshi yangi taraqqiyot loyihasi” nominatsiyasida birinchi oʻrinni egallagan Galataport Istanbul, yangi texnologiyalar bilan jihozlangan zamonaviy binolari, tashrif buyuruvchilar sonini oshirishga qaratilgan arxitektura xususiyatlari va boshqa bir qancha afzalliklari bilan eʼtirofga loyiq koʻrildi.

Istanbulda koʻrishingiz zarur boʻlgan joylaridan biri hisoblangan Karakoʻyning sayyohlar uchun koʻplab takliflari boʻlib, u yerda hashamatli turar joy va mehmonxonalar, turli xarid markazlari hamda hashamatli restoranlardan to zamonaviy sanʼat markazlarigacha boʻlgan barcha imkoniyatlar mavjud. Karakoʻy markazida joylashgan Istanbulning kruiz porti - Galataport, MAPIC 2023 taqdirlash marosimida dunyo boʻylab “Eng yaxshi yangi taraqqiyot loyihasi” mukofotiga sazovor boʻldi. Ushbu eʼtirof bilan Galataport va Karakoʻy shaharning yangi diqqatga sazovor joylari sifatida obroʻsini oshirdi.

Galataport Istanbul oʻz mehmonlariga oʻzgacha tajriba taqdim etadigan mahalliy va xalqaro brendlarning aralashmasiga ega. U boy gastronomiya markazi sifatida ajralib turadi. Uning 40%i taomlanish uchun moʻljallangan kafe va restoranlardan iborat. Bu yerda nafaqat Turkiyaning eng muhim chakana savdo guruhlari va investorlar, balki yirik xalqaro brendlari ham bor.

Karakoʻy - Bosfor manzarasi bilan gʻayrioddiy kashfiyot

Galata koʻprigi yaqinida va xuddi shu nomdagi minora ostida joylashgan Karakoʻy, Oltin shox (Halich) qirgʻoqlaridan Bosforga qadar choʻzilgan hududni qamrab oladi. Istanbulning eng qadimiy va tarixiy tumanlaridan biri hamda yirik savdo va transport markazi boʻlgan Karakoʻy bugungi kunda anʼanaviy va meʼmoriy mahalla xususiyatlarini taklif qilgan holda sayohat qilish uchun gullab-yashnayotgan “issiq nuqta”dir.

Agar siz Galaportga keluvchi kruiz yoʻlovchisi boʻlsangiz, Karakoʻy qirgʻogʻida sizni ajoyib Bosfor manzarasi kutib oladi. Istanbulning mashhur Galata koʻprigi boʻylab piyoda oʻtish, Karakoʻy port hududiga borishning eng yaxshi yoʻllaridan biri sanaladi. Istanbulning tarixiy portini jonli gastronomiya, madaniyat, sanʼat va savdo hududiga aylantirgan Galataport, bundan tashqari, Istanbulning eng mashhur ikkita muzeyiga mezbonlik qiladi.

Turkiyaning birinchi zamonaviy sanʼat muzeyi Istanbul Modern, Galataport Istanbul hududida joylashgan. Pritzker mukofoti sovrindori arxitektor Renzo Piano binoni Bosforning joʻshqin suvlaridan va yorugʻlik akslaridan ilhomlanib loyihalashtirgan. Istanbul Modernda xalqaro va mahalliy sanʼatkorlarning turli yoʻnalishlarda ijod qilgan asarlari namoyish etilmoqda. Muzey shuningdek, doimiy va vaqtinchalik koʻrgazma maydonlarida jahon darajasidagi zamonaviy sanʼat koʻrgazmalariga mezbonlik qiladi.

Turkiyaning birinchi plastik sanʼat muzeyi boʻlgan Istanbul rasm va haykaltaroshlik muzeyi ham xuddi shu tumanda joylashgan. Muzey XIX asrning oxiri Usmonli imperiyasidan XX asr oxirigacha boʻlgan turk sanʼati tarixining muhim maʼlumotlarini taqdim etadi. Muzey kolleksiyasida 10 497 ta rasm, 719 haykal, 257 kulolchilik, 182 xattotlik, 10 ta piktogramma va bitta instalyasiya mavjud.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid