Asal Shodiyeva judolikka uchradi
Avvalroq aktyor Farhod Abdullayev oilasida ham judolik sodir boʻlgandi.

Taniqli aktrisa Asal Shodiyeva oilasida judolik sodir boʻldi. Bu haqda Kinematografiya agentligi xabar berdi.
"Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi taniqli kinoaktrisa Asal Shodiyevaga padari buzrukvori Omon otaning vafoti munosabati bilan chuqur taʼziya izhor qiladi" deyiladi xabarda.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq aktyor Farhod Abdullayev oilasida ham judolik sodir boʻlgandi.