Izboskan hokimi ishdan olindi
Bugun xalq deputatlari tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtgan.

Andijon viloyati Izboskan tumani hokimi Serobiddin Ismoilov ishdan olingan.
Bugun xalq deputatlari tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtgan. Dam olish kuni oʻtgan sessiyani viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov olib borgan.
Tuman hokimi vazifasini vaqtinchalik bajarish bugungacha hokimning birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Hojiakbar Umarovga topshirilgan.
Serobiddin Ismoilov 2018 yilda ushbu lavozimga tayinlangan edi.