Toshkentning qishga tayyorgarligi tekshirilmoqda

Xususan, “Sagʻbon” podstansiyasida taʼmirlash ishlari koʻzdan kechirildi. 

Jamiyat
1-dekabr 2023 yil
Toshkentning qishga tayyorgarligi tekshirilmoqda

Qishning birinchi oyi ham boshlandi. Hademay, havo harorati pasayib, sovuq kunlar boshlanadi. Shu sababli Prezident topshirigʻiga asosan tuzilgan Respublika ishchi guruhi har bir hududda qishga tayyorgarlik holatini sinchiklik bilan oʻrganmoqda, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etmoqda.

Ana shunday oʻrganishlardan biri Toshkent shahrining Olmazor tumani “Olimpiya” mahallasida amalga oshirildi. Hududda joylashgan koʻp qavatli uylar, ijtimoiy soha obʼektlari koʻzdan kechirildi.

Kelayotgan mavsumga puxta tayyorgarlik koʻrish, jumladan, elektr, gaz, suv taʼminoti, isitish tizimlarining barqaror ishlashi maqsadida tegishli tashkilot masʼullariga tavsiyalar hamda amaliy koʻmak berildi.

Xususan, “Sagʻbon” podstansiyasida taʼmirlash ishlari koʻzdan kechirilib, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent shahar filiali uchun birlamchi zarur ijtimoiy soha obektlari va aholi punktlariga elektr energiyasini uzluksiz yetkazish hamda avariyaviy holatlarni oldini olish maqsadida, qoʻshimcha dizel generatorlari, kerakli asbob-uskunalar olib kelinishi taʼminlandi.

Shu bilan bir qatorda oʻrganishlar davomida “Olimpiya” mahallasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan ham tanishildi. Respublika ishchi guruhi vakillari tomonidan “Yashil makon” dasturi doirasida mahalla hududida mevali daraxt koʻchatlari ekildi.  

Respublika ishchi guruhi faoliyati davom etmoqda.  

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+