platina.uz
Jamiyat

Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyodagi jiddiy ekologik muammolardan ogohlantirdi

Tuproq yemirilishi 30 milliondan ziyod aholi turmush tarziga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda.

Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyodagi jiddiy ekologik muammolardan ogohlantirdi

Shavkat Mirziyoyev BMTning Iqlim oʻzgarishi boʻyicha konferensiyasida Markaziy Osiyoda iqlim oʻzgarishining keskin oqibatlari haqida gapirdi. Prezidentga koʻra, soʻnggi yillarda favqulodda issiq kunlar soni 2 marta ortdi, muzliklar maydonining uchdan bir qismi erib yoʻqolgan.

Mintaqada hududida tuproq yemirilishi jarayonlari 30 milliondan ziyod aholi turmush tarziga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda. Kuchli chang va qum boʻronlari odatiy holga aylanib bormoqda.

Bundan tashqari ichimlik suvi taqchilligi, havo ifloslanishi, bio xilma-xillik yoʻqolishi, qishloq xoʻjaligida hosildorlikning keskin pasayishi kabi muammolar tobora avj olmoqda.

“Muxtasar qilib aytganda, bu global xavflar keng mintaqamizda oʻzining xatarli nuqtasiga yetib kelmoqda”, - deya taʼkidlagan Mirziyoyev.

Toshkentdagi “Yashil universitet” negizida tashkil etilayotgan “Iqlim ilmiy forumi”da dunyoning yetakchi olimlari va ekspertlarini ishtirok etishga chaqirdi.

Shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkiloti bilan 2024 yili Oʻzbekistonda "Iqlim migratsiyasi" mavzusida konferensiya oʻtkazish rejalashtirilayotgani maʼlum qilindi.

Prezident Xalqaro mehnat tashkiloti bilan hamkorlikda “Yashil bandlik” dasturi”ni ishlab chiqish, iqlim oʻzgarishining bandlikka taʼsirini Modellashtirish markazini tashkil etishni taklif qildi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid