Shavkat Mirziyoyev Dubayda nutq soʻzlaydi
U yerda BMTning Iqlim oʻzgarishi boʻyicha konferensiyasi boshlanadi.
Siyosat
1-dekabr 2023 yil
Bugun Shavkat Mirziyoyev BMT konferensiyasida 140 nafar davlat rahbari orasida birinchi oʻntalikda, Markaziy Osiyo davlatlari ichida esa birinchi boʻlib nutq soʻzlaydi.
Dubay shahrida BMTning Iqlim oʻzgarishi boʻyicha konferensiyasi boshlanadi. Unda 140 dan ortiq davlat va hukumat rahbarlari ishtirok etadi.
Kun tartibiga koʻra, Oʻzbekiston prezidenti katta tadbirning kirish qismida, aniqrogʻi, BAA, Saudiya Arabistoni, Misr, Qatar kabi davlat rahbarlaridan keyin oʻninchi boʻlib chiqish qiladi.