platina.uz
Jamiyat

Saraton "chaqiruvchi" mahsulotlar borasida kutilmagan maʼlumot eʼlon qilindi

Olimlar 11 yil davomida 267 ming kishining ovqatlanish tartibini tadqiq qilishgan. 

Saraton "chaqiruvchi" mahsulotlar borasida kutilmagan maʼlumot eʼlon qilindi

Koʻp hollarda qayta ishlangan va tozalangan ingrediyentlar, konservantlar va emulsifikatorlardan foydalangan holda ishlab chiqarilgan mahsulotlar saraton xavfini oshirishi aytib kelinadi. Biroq, yangi tadqiqot buni rad etdi.

Olimlar 267 ming yevropaliklarning ovqatlanish tartibi va uning taʼsiri haqidagi maʼlumotlarni tahlil qilishdi. Tadqiqot 11 yil davomida oʻtkazildi.

Erkaklar kuniga 400 grammdan ortiq qayta ishlangan oziq-ovqatlarni isteʼmol qildilar, ayollar esa taxminan 330 gramm.

Butun kuzatuv davrida faqat 4461 kishida jiddiy kasalliklar, jumladan, saraton va qandli diabet rivojlangan.

Natijada tadqiqotchilar tomonidan sanoat oziq-ovqat mahsulotlarini isteʼmolchilarda saraton kasalligiga chalinish xavfi 9 foizga oshadi, degan xulosaga kelindi.

Shu bilan birga, ayrim sanoat mahsulotlari saratonni keltirib chiqarishi boʻyicha farazlar asosli deya topilmadi. Misol uchun, saraton bilan yormalar, non, goʻsht oʻrnini bosuvchi mahsulotlar va don mahsulotlari isteʼmoli oʻrtasida bogʻliqlik topilmadi.

Shunga qaramay, olimlar bu mahsulotlarni meʼyorida isteʼmol qilishni maslahat berishadi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid