Oʻzbekiston FIFA reytingida keskin koʻtarildi

FIFA terma jamoalarning yangilangan reytingini eʼlon qildi.

Sport
1-dekabr 2023 yil
Oʻzbekiston FIFA reytingida keskin koʻtarildi

Oʻzbekiston milliy terma jamoasi FIFA reytingida keskin koʻtarildi va 68-oʻrinni egalladi.

Terma jamoa soʻnggi oʻyinlarda yaxshi natijalarga erishdi. Avvaliga turkmanlar ustidan gʻalaba qozongan boʻlsa, keyinroq Eron bilan durang qayd etdi.

Markaziy Osiyoda esa hamon kuchliligicha qolmoqda. Qirgʻiziston 98, Qozogʻiston 100, Tojikiston 106 va Turkmaniston 141-oʻrinni band etishdi.

Umumiy reytingni 1-oʻrin bilan Argentina boshqarib turibdi. Soʻnggi pogʻonani esa San-Marino egalladi.

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+