Istanbul sayohat qilish uchun top-50 shaharlar roʻyxatiga kirdi

Shaharning muzeylari,  hashamatli binolari va taomlari alohida eʼtirof etildi. 

Jamiyat
1-dekabr 2023 yil
Istanbul sayohat qilish uchun top-50 shaharlar roʻyxatiga kirdi

Istanbul “Travel + Leisure” (T+L) ning “2024 yilda sayohat qilish uchun eng yaxshi 50 ta shahar” roʻyxatiga kiritildi va kelgusi yil uchun tavsiya etilgan sayohat maskani deb tan olindi.

Shaharning joʻshqin muhiti va diqqatga sazovor joylari mehmonlarga unutilmas taassurotlarni taqdim etadi.

T+L sayyohlik jurnali “2024 yilda sayohat qilish uchun eng yaxshi 50 ta joy” roʻyxatini tuzib, unda oʻz muharrirlari eʼtiborini tortgan va kelgusi yil uchun sayohatlarini rejalashtirishga ilhomlantirgan yoʻnalishlar, shaharlar va tajribalarni namoyish etdi.

Ommaga kamroq maʼlum boʻlgan va Istanbul kabi dunyodagi eng mashhur sayyohlik yoʻnalishlarini qamrab olgan mazkur roʻyxat, qiziquvchan sayohatchilarni dunyomizni yangicha yoʻllar bilan oʻrganishga ilhomlantiradi.

Yigirmadan ortiq sayyohlik mutaxassislari shaxsiy tajribalariga asoslanib, ellikta yoʻnalish roʻyxatini tuzdilar. Tavsiyalar quyidagi toifalarga ajratilgan: “Suv ostiga shoʻngʻish”, “Oziq-ovqat va ichimliklar”, “Katta shahar hayajonlari”, “Suvdagi lahzalar”, «Tabiatsevarlar», “Sohil hislari” va “Sarguzashtsevar sayohatchilar”.

Ikki qitʼada oʻtmish va bugunni uygʻunlashtirgan Istanbulning zamonaviy teksturasi uni “2024 yilda sayohat qilish uchun eng yaxshi 50 ta joy”ning “Katta shahar hayajonlari uchun” turkumidagi eng yaxshi sayohat yoʻnalishlaridan biri deb topildi.

 Tarixiy binolari, koʻp madaniyatli tuzilmasini aks ettiruvchi arxitekturasi, jonli madaniyat va sanʼat muhiti, hayratlanarli va oʻziga xos didlari va xarid qilish uchun keng koʻlamli tanlovlari bilan son-sanoqsiz tajribalarni taqdim etuvchi dunyodagi eng mashhur shaharlardan biri boʻlgan Istanbul T+L maqolasida batafsil yoritildi.

 Maqolada mashhur arxitektor Renzo Piano tomonidan Bosfor boʻgʻozining joʻshqin suvlaridan ilhomlangan holda loyihalashtirgan Istanbul Modern, Istanbul rasm va haykaltaroshlik muzeyi va Istanbul yarim oroliga ham toʻxtalib oʻtilgan. Shuningdek, unda Istanbulning hashamatli turar-joy binolari, nafis taom lazzatlari, ajoyib mehmonxonalari, zamonaviy sanʼat va madaniyat markazlari, Mishelin yulduzli restoranlari va koʻplab xarid qilish maskanlari bilan zamonaviy shahar ekanligi taʼkidlangan.

 

 

 

 

 

 

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+