“Dok-1 Maks” ishini koʻrib chiqish vaqtincha toʻxtatildi
Bunga jinoyatga aloqador yangi shaxslar tergov organi tomonidan ayblangani sabab boʻldi.

Toshkent shahar sudida birinchi instansiyada koʻrilayotgan “Dok-1 Maks”ka oid jinoyat ishini koʻrish 1 oylik muddatga toʻxtatildi.
Bunga jinoyatga aloqador yangi shaxslar tergov organi tomonidan ayblangani sabab boʻldi. Oliy sudga koʻra, 2023 yil 1 dekabr kuni Jinoyat-protsessual kodeksining 416 va 417-moddalari tartibida ajrim chiqarilib, jinoyat ishiga tegishli ayrim hujjatlar ayblovni toʻldirish va boshqa shaxslarni ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish bilan bogʻliq qoʻshimcha protsessual harakatlarni amalga oshirish uchun tergovga yuborildi.
65 nafar bolaning oʻlimiga sababchi deb taxmin qilinayotgan “Dok-1 Maks” siropi boʻyicha sud jarayoni bir necha oy davomida koʻrib chiqilayotgan edi.