Spirtli ichimliklar qarishni tezlashtirishi maʼlum boʻldi
Alkogol yuzdagi shishni kuchaytiradi, yuzdagi qon tomirlariga, ayniqsa yonoq sohasiga yomon taʼsir koʻrsatadi.

Inson terisi qarishining asosiy sabablari quyosh taʼsiri, spirtli ichimliklarni isteʼmol qilish, stress va qisqa uyqudir. Sogʻlom turmush tarziga rioya qilish va sogʻliqni nazorat qilib turish muhimdir, deydi kosmetolog Sofiko Daraseliya.
Dermatovenerologning fikriga koʻra, toʻgʻridan-toʻgʻri quyosh nuri kollagen tolalarini yoʻq qilishga va teri pigmentatsiyasining paydo boʻlishiga yordam beradi. Shifokor, shuningdek, spirtli ichimliklarning teri holatiga taʼsiri haqida gapirdi.
“Alkogol yuzdagi shishishni kuchaytiradi, yuzdagi qon tomirlariga, ayniqsa yonoq sohasiga yomon taʼsir koʻrsatadi va umuman qarishni tezlashtiradi. Ayniqsa, koʻp miqdorda isteʼmol qilinsa”, - deydi ekspert.
Agar tana doimiy stressni boshdan kechirsa, kelajakda odamni salbiy oqibatlar kutadi. Bu gormonal darajaga, metabolizmga va toʻqimalarning holatiga taʼsir qiladi. Hayot tarzi haqida gapirar ekan, shifokor bu yerda turli omillar rol oʻynashini taʼkidladi.
Birinchisi gormonal holatga va terining holatiga taʼsir qiluvchi moʻʼtadil uyqu hisoblanadi. Agar odam yetarlicha uxlamasa, teri tezda qariydi. Bundan tashqari, shifokor diyetaga muhim eʼtibor qaratishni va faol hayot tarzini saqlashni tavsiya qildi, chunki bu ham terining qarishiga taʼsir qiladi.