platina.uz
Jahon

Dunyodagi eng badavlat oilalar reytingi eʼlon qilindi

Qayd etilishicha, dunyoning eng badavlat 25 oilasi 2023 yilda 1,5 trillion dollarga boyigan.

Dunyodagi eng badavlat oilalar reytingi eʼlon qilindi

Bloomberg maʼlumotlariga koʻra, 2023 yilda dunyodagi eng boy oila 305 milliard dollar bilan BAAning hukmron sulolasi Al Nahayonlar oilasi boʻldi.

Nashrning xabar berishicha, eng badavlat oilalar roʻyxatiga Walmart doʻkonlar tarmogʻi asoschisi Uoltonlar va Hermes hashamatli brendi egalari Hermeslar ham kiritilgan.

Agentlikning taʼkidlashicha, Walmart tarmogʻi egalari hamda Qatar hukmron shayxlari va amirlari sulolasi reytingga birinchi marta kiritilgan.

Qayd etilishicha, dunyoning eng badavlat 25 oilasi 2023 yilda 1,5 trillion dollarga boyigan, bu oʻtgan yilgi eng boy oilalarning boyligidan 43 foizga koʻpdir.

Space X bosh direktori va X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmogʻi egasi Ilon Mask dunyoning eng boy kishisi boʻlib qolmoqda. Shu bilan birga, oktabr oyida Tesla aksiyalari 20 foizga arzonlashdi. Natijada tadbirkor 35 milliard dollar yoʻqotdi, bu milliarderning umumiy boyligining 14 foiziga teng.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid