platina.uz
Iqtisod

Ukraina yana Oʻzbekiston kompaniyasiga qarshi sanksiyalar joriy etdi

Zelenskiy shu yilning 24 noyabr kuni ham ikki oʻzbekistonlik va oʻzbek kompaniyalariga sanksiya kiritgandi. 

Ukraina yana Oʻzbekiston kompaniyasiga qarshi sanksiyalar joriy etdi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 7 dekabrdagi farmoni bilan mamlakat Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi tavsiyasiga koʻra yangi sanksiyalarni tasdiqladi.

Sanksiyalar roʻyxatiga 181 nafar jismoniy va 185 nafar yuridik shaxs kiritilgan, ular ichida Oʻzbekiston kompaniyasi ham bor. "Foton" elektronika zavodi va uning direktori, 1956 yilda tugʻilgan Marufxoʻja Saidumarov sanksiyaga uchradi.

Sanksiyalarga aktivlarni blokirovka qilish, davlat mukofotlaridan mahrum qilish, litsenziyalarni bekor qilish, Ukraina hududida tranzit va savdo operatsiyalarini cheklash, xususiylashtirishni taqiqlash va boshqa cheklovchi choralar kiradi. Ularning amal qilish muddati 10 yil boʻladi.

"Foton" zavodi 1942 yilda tashkil etilgan va bugungi kunda 68 ming kvadrat metrga yaqin ikkita ishlab chiqarish quvvatiga ega. Korxona 30 dan ortiq turdagi yarimoʻtkazgichli mahsulotlar va mikrosxemalar, televizorlar, changyutgichlar va onlayn kassalarni ishlab chiqaradi. 2020 yil dekabr oyida “Oʻzeltexsanoat” rossiyalik investorlarga "Foton"dagi davlat ulushini taklif qilgandi.

Zelenskiy shu yilning 24 noyabr kuni ham ikki oʻzbekistonlik va oʻzbek kompaniyalariga sanksiya kiritgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid