platina.uz
Siyosat

Davlat ishiga kirishda Konstitutsiyadan imtihon olinadi

Bu haqda Shavkat Mirziyoyev ushbu sana munosabati bilan yoʻllagan tabrigida soʻz boradi.

Davlat ishiga kirishda Konstitutsiyadan imtihon olinadi

Davlat xizmatiga ishga kirishda Konstitutsiya asoslari boʻyicha imtihonlar oʻtkazish tizimi joriy etiladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev bayram tabrigida soʻz boradi.

"Biz “Yangi Oʻzbekiston – maʼrifiy jamiyat” konsepsiyasi asosida konstitutsiyaviy taʼlim masalasiga ham alohida eʼtibor qaratmoqdamiz. Parlament tomonidan Konstitutsiyani oʻqib-oʻrganish boʻyicha Milliy faoliyat dasturi qabul qilindi. Asosiy qonunimizni oʻrganishni bolalar bogʻchasidan boshlash, barcha darajadagi taʼlim muassasalari, aholining turli qatlamlari, ayniqsa, davlat xizmatchilari ushbu jarayonga toʻliq jalb etilishi lozim", deyiladi tabrikda.

Prezident bosh qomusga asosan quyidagi eng muhim vazifalarni sanab oʻtdi:

  • fuqarolarning davlat va jamiyat boshqaruvidagi ishtirokini kengaytirishga qaratilgan islohotlar davom ettiriladi;
  • Konstitutsiyani jamiyat hayotining barcha jabhalarida toʻgʻridan-toʻgʻri va bevosita qoʻllash amaliyotiga oʻtiladi, bu borada barcha davlat idoralari, jumladan, sudlar faoliyatida konstitutsiyaviy normalarni toʻgʻridan-toʻgʻri qoʻllash joriy etiladi;
  • sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatini inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga yoʻnaltirish ustuvor vazifa boʻlib hisoblanadi;
  • huquqiy taʼsir choralarini qoʻllashda mutanosiblikni taʼminlash boʻyicha konstitutsiyaviy prinsipni roʻyobga chiqarish maqsadida qonun hujjatlaridagi 150 dan ortiq ana shunday choralar toʻliq qayta koʻrib chiqiladi. Jumladan, ayrim qilmishlarni jinoyatlar toifasidan chiqarish va jazo turlarini oʻzgartirish, fuqaroviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan maʼmuriy javobgarlikni bekor qilish borasida huquqiy islohotlar amalga oshiriladi.
  • Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili, Bolalar ombudsmani va boshqa inson huquqlari boʻyicha milliy institutlar faoliyati takomillashtiriladi;
  • fuqaro va davlat oʻrtasidagi munosabatlarda mavjud byurokratik toʻsiqlarni keskin qisqartirish hamda ushbu jarayonlardagi korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish boʻyicha ishlarni davom ettiriladi;
  • Konstitutsiya va qonun ustunligini taʼminlashda davlat organlari va mansabdor shaxslarning jamoatchilik oldidagi hisobdorligi yanada oshiriladi.
© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid