Rossiyada prezident saylovi qachon oʻtkazilishi aniq boʻldi
Bu Ukraina urushi boshlangandan keyingi ilk prezidentlik saylovidir.

Rossiyada navbatdagi prezidentlik saylovlari 2024 yil 17 mart kuni oʻtkaziladi.
Bu haqda Federatsiya Kengashi tegishli qarorni qabul qildi.
Bu 2022 yil fevralda Ukrainaga bosqin boshlangan soʻng oʻtkaziladigan ilk saylov boʻladi.
Amaldagi prezident Vladimir Putin qonunga koʻra 2036 yilga qadar prezident boʻlib saylanish huquqiga ega. Putinning oʻzi hali rasman nomzodini ilgari surganicha yoʻq.
Eslatib oʻtamiz, Rossiyada soʻnggi saylov 2018 yil martda oʻtkazilgan va Putin unda katta farq bilan raqiblari ustidan gʻalaba qozongandi.