Oʻzbekistonning Ispaniyadagi elchisi tayinlandi
Bu vazifani 2017 yildan buyon Jahongir Gʻaniyev egallab kelayotgandi.

Farrux Tursunov Oʻzbekistonning Ispaniyadagi elchisi lavozimiga tayinlandi.
Bungacha u TIVning yigʻma axborot-tahlil departamenti direktori vazifasini bajarib kelayotgan edi.
U Tashqi ishlar vazirligi tizimda 1994 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Markaziy apparatda turli lavozimlarda ishlagan – attashedan tortib boʻlim direktorigacha. Oʻzbekistonning Qozogʻistondagi (2008-2012) va Yaponiyadagi (2012-2017) elchixonalariga rahbarlik qilgan. 2018 yildan buyon Tashqi ishlar vazirligining Strategik tahlil va prognozlash bosh boshqarmasi, shuningdek, Yigʻma axborot-tahlil departamentini boshqarib kelgan.
Tursunov Madriddagi diplomatik missiyani 2017 yildan buyon boshqarib kelgan Jahongir Gʻaniyev oʻrnini egalladi.