platina.uz
Jahon

Eron prezidenti Raisiy Putinning oldiga boradi

Gʻazo masalasi muzokaralarda muhim mavzu boʻlishi kutilmoqda.

Eron prezidenti Raisiy Putinning oldiga boradi

Eron prezidenti Ibrohim Raisi bugun, 7 dekabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashish uchun Moskvaga yoʻl olmoqda.

Uchrashuv Putinning shu haftada BAA va Saudiya Arabistoniga safari ortidan oʻtkaziladi.

Rossiya davlat OAVlariga koʻra, Eron rahbari savdo-iqtisodiy hamkorlikni muhokama qilish uchun Moskvaga ketmoqda. Eronning Tasnim nashri xabariga koʻra, Gʻazo Rossiya-Eron muzokaralarida muhim mavzu boʻlishi kutilmoqda.

“Rossiya prezidenti Vladimir Putin 7 dekabr kuni Moskvada Rossiyaga amaliy tashrif bilan kelgan Eron Islom Respublikasi prezidenti Ibrohim Raisi bilan muzokaralar oʻtkazadi”, — deyiladiTASS xabarida. – Ikki tomonlama hamkorlikning joriy kun tartibini mazmunli koʻrib chiqish, asosiy eʼtiborni savdo-iqtisodiy sohada, jumladan, transport va energetika sohasida qoʻshma istiqbolli loyihalarni amalga oshirishga qaratish rejalashtirilgan".

Ikki davlat rahbarlari oxirgi marta 2022 yil Samarqanddagi ShHT sammitida uchrashishgandi.

Eslatib oʻtamiz, Eron Ukrainaga qarshi urushda Rossiyaga dronlar yetkazib berishda ayblanadi (Eron tomoni buni inkor qilib keladi). Shuningdek, HAMAS harakati ham bevosita rasmiy Tehron tomonida qoʻllab-quvvatlanishi aytiladi. Ayrim nashrlarga koʻra, Raisiy va Putin urushlar va qurol-yaroq masalasida ham gaplashib olishi kutilyapti.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid