AQSh Senati Ukraina va Isroilga katta mablagʻ berish boʻyicha loyihani tasdiqlamadi
Bu jiddiy xavotirlarni keltirib chiqarmoqda.

Ukraina va Isroilga koʻp milliard dollarlik yordam ajratish haqidagi qonun loyihasi AQSh Senatida protsessual ovoz berishdan oʻtmadi.
Masalani Kongressning yuqori palatasiga olib chiqish uchun 60 senatorning roziligi zarur edi. Biroq 49 deputat yoqlab, 50 nafari qarshi ovoz berdi.
Prezident Bayden Qoʻshma Shtatlar Ukrainaga yordam uchun qoʻshimcha mablagʻ ajratishga rozi boʻlmaslik "mutlaqo aqldan ozish" boʻlishini va bunday harakat mamlakat milliy manfaatlariga zid boʻlishini aytdi.
Qonun loyihasi jami 106 milliard dollarni nazarda tutadi. Buning 61 milliardi Ukrainaga,12 milliardi esa Isroilga berishi nazarda tutilgan.
Maʼlumotlarga koʻra, AQSh shu paytgacha Ukrainaga 111 milliard dollar yordam koʻrsatgan.
AQSh prezidenti Jo Baydenga koʻra, Rossiya Ukrainada muvaffaqiyatga erishsa, boshqa davlatlargayam hujum qilishi mumkin.
Avvalroq Ukraina prezidenti devoni rahbari Yermak tashqi yordamsiz mamlakat qurolli kuchlari qiyin ahvolga tushib qolishini taʼkidlagandi.