"Vagner" jangchisi Oʻzbekistonda qamoqqa olinishi mumkin
U Ukrainaning Baxmut va Soledar kabi hududlarida jang qilgan.
Rossiyaning Sverdlovsk viloyatida yashovchi oʻzbekistonlik Aleksandr Babkov "Vagner" harbiy tashkiloti jangchisi boʻlgani sabab qamalishi mumkin. U hanuz Rossiya fuqaroligini ololmagan.
Yanvar oyida u Rossiyadan Oʻzbekistonga chiqarib yuborilishi mumkin, u yerda Babkov yollanma faoliyati uchun uzoq muddat qamoq jazosi kutmoqda.
53 yoshli Aleksandr Babkov Oʻzbekiston fuqarosi boʻlsada, koʻngilli sifatida Ukraina urushiga borib, Soledar va Baxmut uchun janglarda qatnashgan. Rossiya Mudofaa vazirligi bilan shartnoma tuzgan chet elliklar Rossiya fuqaroligini muammosiz olishsa-da, "Vagner" jangchilariga nisbatan aniq koʻrsatmalar yoʻq.
Hozir Aleksandr Sverdlovsk viloyatidagi qarindoshlari bilan yashaydi. Uning vaqtinchalik roʻyxatga olish muddati yanvar oyida tugaydi. Va u qonunga muvofiq Oʻzbekistonga deportatsiya qilinadi.
Bundan tashqari, Aleksandr Rossiya fuqaroligisiz mavjud imtiyozlardan foydalana olmaydi.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 154 prim 1-moddasida chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya organlari yoki shunga oʻxshash boshqa organlariga xizmatga yollanish 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi koʻzda tutilgan.
Telegramda kuzatib boring!