platina.uz
Jamiyat

Yilning eng yaxshi va taʼsirli suratlari eʼlon qilindi

Suratlar iqlim inqirozi, jamiyat, urushlar boʻyicha mavzularni qamrab oladi.

Yilning eng yaxshi va taʼsirli suratlari eʼlon qilindi

World Press Photo 2023 yilning eng yaxshi suratlarini eʼlon qildi. Bu yilgi Butunjahon matbuot fotosuratlari tanlovining global gʻoliblari iqlim inqirozi, jamiyat, urushning tinch aholiga taʼsiri boʻyicha mavzularni qamrab oladi.

Toʻrtta global gʻolib 24 ta mintaqaviy gʻoliblar orasidan tanlab olindi, ular 60 000 dan ortiq arizalar orasidan tanlangan. Platina tanlovning ayrim gʻolib suratlarini taqdim etadi.

Yil fotosi sifatida ukrainalik fotograf Yevgeniy Maloletkaning “Mariupol tugʻruqxonasiga havo hujumi” nomli surati eʼlon qilingan. Surat Accociated Press axborot agentligi tomonidan nashr etilgan.

Irina Kalinina, jarohatlangan homilador ayol, tugʻruqxonadan koʻtarib olib ketilmoqda. Rossiya harbiy-havo kuchlari Ukrainaning Mariupol shahriga zarba berdi. Shuningdek Mariupol shahridagi shifoxona ham hujumga uchragan.
Irinaning chaqalogʻiga Miron ism qoʻygan ("tinchlik" ma’nosini anglatadi). Chaqaloq oʻlik tugʻilgan va yarim soatdan keyin Irina ham vafot etgan.

BMTning Inson huquqlari boʻyicha boshqarmasi maʼlumotlariga koʻra, Rossiyaning Ukraina shaharlariga qilgan hujumlari natijasida kamida 21 ming tinch aholi halok boʻlgan. 2022 yil 24 fevralda Rossiya kuchlari Ukrainaga bostirib kirgach, Azov dengizidagi strategik ahamiyatga ega Mariupol portini darhol nishonga oldilar. Rossiyaning oʻqqa tutishi shaharni vayron qildi, jumladan, bu yerda suratga olingan tugʻruqxona kabi koʻplab tinch aholi yashaydigan hududlar vayron boʻlgan.

Avvaliga Rossiya kasalxonaga uyushtirilgan hujum, 3 kishining oʻlimi va 17 ga yaqin jarohati bilan yakunlangani haqidagi xabarlarni yolgʻon xabar deb atadi. Keyinroq Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bu atayin qilinganini aytib, kasalxonani harbiy kuchlar egallab olganini, bemorlar va xodimlar evakuatsiya qilingan deb bilishganini aytdi. Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti (YeXHT) tomonidan shifoxona xalqaro gumanitar huquqni buzgan holda Rossiya tomonidan ataylab nishonga olingan va javobgarlar harbiy jinoyat sodir etgan degan xulosaga kelgan.

Ukrainalik fotosuratchi Yevgeniy Maloletka oʻsha paytda Mariupoldagi voqealarni suratga olgan kam sonli fotosuratchilardan biri edi.

"Katta unutish", Afrika. Lee-Ann Olwage/  Bob & Diane Fund,  Der Spiegel uchun.
Sugri Zenabu, Ganadagi “jodugar lageri” mangaziasi. (ayollar jamiyati rahbari)

Zenabu chalkashlik va xotiraning baʼzi belgilari boʻlgan Demantiye kasalligiga chalingan. (Demantiye- bu insonning kundalik faoliyatini bajarish qobiliyatiga taʼsir qiladigan kognitiv qobiliyatlarning pasayishining umumiy nomi Bu, odatda, xotira, fikrlash va xatti-harakatlar bilan bogʻliq muammolarni oʻz ichiga oladi)

Oʻrtacha umr koʻrish davomiyligi oshgani sayin, demantiye Afrikada muammoga aylanib bormoqda. Afrikaning Sahroi Kabirdan janubida demensiya bilan kasallanganlar soni har 20 yilda ikki baravar koʻpayadi.

Gana va Afrikaning janubi-gʻarbiy qismida anʼanaviy eʼtiqodga ega boʻlgan odamlar baʼzida aqldan ozish alomatlarini, masalan, chalkash nutq, soʻkinishni sehr belgisi sifatida koʻrishadi. Ayollar erkaklarga qaraganda tez-tez jodugarlikda ayblanadi. Ganada ular qochib ketishlari yoki "jodugarlar lagerlarida" yashash uchun yuborilishi mumkin.

Shirin Abu Aklehning dafn marosimi, Mayya Levin /Associated Press.
Isroil politsiyasi motam tutganlarni kaltakladi. “Al-Jazira” telekanali prodyuseri hamroh boʻlgan jurnalist Shirin Abu Aklehning tobuti va Sharqiy Quddusdagi dafn marosimi.

Politsiya odamlarga shahar orqali piyoda tobut olib yurishni taqiqladi.

Falastin-Isroil mojarosining faxriy muxbiri Shirin Abu Akleh Gʻarbiy Sohildagi Jenin shahrida Isroil harbiy reydini yoritib yurganida otib oʻldirilgan. Oʻsha paytda u dubulgʻa va "PRESS" deb yozilgan koʻk jilet kiygan edi. Voqea joyida boʻlgan yana bir jurnalist, “Al-Jazira” telekanali prodyuseri Ali al-Samudi orqasidan oʻq uzib yaralangan. Uning soʻzlariga koʻra, oʻqqa tutilganda falastinlik jangchilar boʻlmagan, jurnalistlar ogohlantirilmagan va ketishni soʻramagan. Bellingcat, The Washington Post kabi xalqaro ommaviy axborot vositalari va tashkilotlar bu daʼvolarni oʻrganib chiqdi va tasdiqladi.

Falastin tergovi Abu Akleh qasddan nishonga olingan degan xulosaga keldi. Dastlab bu daʼvolarni rad etgandan soʻng, Isroil harbiylari oʻshandan beri Abu Aklehning isroillik askari tomonidan otib oʻldirilgani "yuqori ehtimol" borligini tan oldi, biroq qasddan nishonga olinganini rad etadi. AQSh Adliya vazirligi ham, Xalqaro jinoiy sud ham otishma boʻyicha tergov boshlagan.

Chegara bilmas muxbirlar tashkilotining aytishicha, 2022 yilda dunyo boʻylab 55 jurnalist va toʻrtta OAV xodimlari faoliyati bilan bogʻliq sabablarga koʻra oʻldirilgan.

Yana va Viktor, Alkis Konstantinidis / Reuters.
Xarkovdagi fojia. Ona farzandi jasadi ustida yigʻlamoqda.

Marhum snaryad kelib tushishi oqibatida halok boʻlgan. Uning onasi Lyubov, Yana Bacek (52 yosh) marhum ustida yigʻlaydi. Otasi Viktor Gubarev (79 yosh), farzandi snaryaddan oʻlgan paytida non sotib olish chiqqan boʻlgan. Ukraina rasmiylari tomonidan oʻsha kuni 5 kishi halok boʻlganligi va 15 kishi yaralangani haqida xabar berilgan.

Rossiya qoʻshinlari 24 fevralda keng koʻlamli bosqin boshlanishi bilanoq Ukrainaning ikkinchi yirik shahri Xarkov tomon yurishni boshladilar. Rossiya chegaradan 35 kilometr uzoqlikda joylashgan Xarkovni rusiyzabon aholisining koʻpligi tufayli oson nishon sifatida koʻrilgan boʻlishi mumkin. Ammo rus qoʻshinlari qattiq qarshilikka uchradi. Mart va aprel oylarida shahar qisman oʻrab olingan va kuchli oʻqlar ostida qolgan. May oyida Ukraina Rossiya qoʻshinlarini Xarkovning yaqin atrofidan olib chiqib ketishga majbur qildi, garchi Xarkov viloyatining koʻp qismi yoz davomida Rossiya nazorati ostida qolgan va shaharga tez-tez oʻqqa tutilgan. 14 sentabrga kelib, Ukraina kuchlari viloyat ustidan nazoratni tikladilar.

Quriyotgan daryo. Jonas Kako / Panos Pictures
Alfredo, Ubaldo va Xose Qoʻshma Shtatlardagi Arizona choʻlida asalarilarni boqishadi.

Mintaqada yogʻingarchilikning pasayishi suv muammosini keltirib chiqarmoqda. Asalarilar uchun suv zarur.

Issiqlik va qurgʻoqchilik asalarilarni zaiflashtiradi, ularni patogenlar va parazitlarga koʻproq moyil qiladi va ular oziqlanadigan oʻsimliklarga taʼsir qiladi. 2019 va 2020 yillar oraligʻida boshqariladigan asalarilar koloniyalari AQSh boʻylab 43,7 foizga kamaydi. Asalarilar koʻplab ekinlarni changlatish uchun juda muhimdir va shuning uchun odamlar uchun oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashda muhim rol oʻynaydi.

Ushbu rasm iqlim inqirozi va ortib borayotgan suv talabi yaqin atrofdan oqib oʻtadigan Kolorado daryosiga qanday taʼsir qilishiga oid kengroq loyihaning bir qismidir. Daryo dasturi menejerining soʻzlariga koʻra, Kolorado daryosidagi yillik oqim soʻnggi 30 yil ichida 20 foizga qisqargan. Kolorado Rokki togʻlardagi qor erishiga va koʻllar va tabiiy suv havzalarida toʻplangan yuqori oʻrmonlardagi yogʻingarchilikka bogʻliqdir. Qurgʻoqchilik va global isish suv omborlarida bugʻlanishni tezlashtirdi va erigan qor qoplami tezroq vaqtda daryolar quridi.

Kolorado daryosi havzasida qishloq xoʻjaligiga yoʻnaltirilgan suv isteʼmolining 80 foizini tashkil qiladi va daryo boʻyidagi bir qator toʻgʻonlar 40 milliondan ortiq aholini ichimlik suvi va yetti million kishining ehtiyojlarini qondirish uchun gidroyelektr energiyasi bilan taʼminlaydi.

2022 yil oxirida AQSh hukumati Kolorado daryosi boʻyidagi shtatlarda daryo suvidan foydalanishga jiddiy cheklovlar kiritdi.

Janubiy Amerika, Limada nef toʻkilishi. Musuk Nolte / Bertha Foundation.
Perudagi Playada Repsol kompaniyasining La Pampilla neftni qayta ishlash zavodi yaqinida neft toʻkilishi natijasida ekologik ofat yuzaga kelgan.

15 yanvar kuni Repsolning La Pampilla neftni qayta ishlash zavodida tanker yuk tushirayotganda 12 ming barrelga yaqin xom neft dengizga toʻkilgan. Hodisa sabablari savdo jarayonlaridagi beparvolik, uskunalarning yetarli emasligi va notoʻgʻri boshqaruv deya izohlagan.

Toʻkilish 7,13 ming kvadrat kilometrdan oshib, plyajlarni ifloslantirdi, yovvoyi tabiatni oʻldirdi va hayotga taʼsir qildi, bu Peru hukumati mamlakatning soʻnggi vaqtdagi eng yomon ekologik falokat deb atagan.

Tijorat, baliqchilik, sayyohlik bilan shugʻullanadigan odamlar va oziq-ovqatlari dengiz mahsulotlariga qaram boʻlgan mahalliy jamoalar ham zarar koʻrdi. BMT ekspertlarining fikricha, neftni suvga suv toʻkilishi oqibatlari oʻn yilgacha davom etadi.

Janubiy-Sharqiy Osiyo va Oyeaniya. Oʻliklarni qaytarib olish. Mauk Kham Wah/

Mudofaa kuchlarining chekinishi. Myanma harbiylari toʻqnashuvda halok boʻlgan doʻstining jasadini olib kelmoqda. Kayah (Karenni) shtati, Myanma.

Myanma rasmiylari mahalliy muxolifat guruhlari bilan janglar kuchaygani sababli mintaqaga qoʻshimcha kuchlar yuborgan edi. Moye Be strategik hududida kuchli janglar kuzatildi, shaharning barcha aholisi qochib ketishga majbur boʻldi.

Fazilat Soib

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid