Shavkat Mirziyoyev bugunning oʻzida toʻrt davlat rahbari bilan uchrashuv oʻtkazdi

Toshkentda yirik Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammiti boʻlib oʻtmoqda. 

Siyosat
9-noyabr 2023 yil
Shavkat Mirziyoyev bugunning oʻzida toʻrt davlat rahbari bilan uchrashuv oʻtkazdi

Toshkentda oʻtayotgan Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammiti tadbirlari doirasida 9 noyabr kuni Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bir nechta davlat rahbarlari bilan uchrashdi

Jumladan, Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiy bilan uchrashuv oʻtkazildi. 

Oʻzbekiston-Eron munosabatlarini yanada mustahkamlash, savdo, investitsiyalar, innovatsiyalar va transport sohalarida amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Ilgari oliy darajada erishilgan kelishuvlarni toʻliq roʻyobga chiqarish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Sanoat kooperatsiyasi va mahalliylashtirish, qishloq xoʻjaligi, logistikada oʻzaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish uchun imkoniyatlar mavjudligi taʼkidlandi.

Oʻzbekiston va Eron rahbarlari madaniy-gumanitar va ilm-fan sohasidagi almashinuvlarni rivojlantirish muhimligini koʻrsatib oʻtdilar.

Shuningdek, mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar, shu jumladan Afgʻonistondagi bugungi vaziyat nuqtai nazaridan koʻrib chiqildi.

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan muzokara oʻtkazdi.

Davlat rahbarlari ikki mamlakat oʻrtasidagi yaxshi qoʻshnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalarini muhokama qildilar.

Oʻzaro savdoni koʻpaytirish, mashinasozlik, energetika, elektrotexnika, toʻqimachilik va boshqa tarmoqlarda kooperatsiya loyihalarini ilgari surish boʻyicha, shu jumladan Hukumatlararo komissiya faoliyati doirasida muvofiqlashgan ishlarni davom ettirish muhimligi qayd etildi.

Hududlar oʻrtasidagi ishbilarmonlik aloqalari va madaniy-gumanitar almashinuvlarni kengaytirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Oʻzbekiston va Tojikiston yetakchilari boʻlajak tadbirlar rejasini ham koʻrib chiqildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammitida ishtirok etish uchun Toshkent shahriga kelgan Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Suhbat avvalida Turkmaniston Prezidenti Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedovning salomi va tilaklarini yetkazdi.

Bundan tashqari Shavkat Mirziyoyev IHT sammitining asosiy tadbirlarida ishtirok etish uchun mamlakatimizda boʻlib turgan Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev bilan muzokara oʻtkazdi.

Oʻzbekiston-Ozarbayjon doʻstlik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari koʻrib chiqildi.

Muntazam oʻtkazib kelinayotgan oliy darajadagi muloqotlarda erishilgan kelishuvlarning natijalari katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

Tovar ayirboshlash koʻrsatkichlari oʻsmoqda, avtomobil, elektrotexnika, toʻqimachilik sanoatida, energetika tarmogʻida, qishloq xoʻjaligi, logistika va boshqa ustuvor yoʻnalishlarda muhim kooperatsiya loyihalari amalga oshirilmoqda.

Madaniy-gumanitar tadbirlar oʻtkazib kelinmoqda.

Oʻzbekiston va Ozarbayjon rahbarlari amaliy hamkorlik dastur va loyihalarini ilgari surish borasida birgalikdagi ishlarni jadal davom ettirish muhimligini taʼkidladilar,  deyiladi xabarda. 

​​​​​​​

telegram
telegram

Telegramda kuzatib boring!

Platina
© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+