Raqobat qoʻmitasi raisi ishdan olinishi mumkin
Shavkat Mirziyoyev qoʻmita faoliyatidagi jiddiy kamchiliklarni sanab oʻtdi.

Shavkat Mirziyoyev Raqobat qoʻmitasi raisi Sh.Shoraxmetovning egallab turgan lavozimiga loyiqligi masalasini koʻrib chiqishni topshirdi.
Yigʻilishda sut ishlab chiqaruvchilarni qoʻllab-quvvatlash masalasi koʻrib chiqildi. Sariyogʻ eksportiga cheklovni bekor qilish, sut yetishtiruvchi va qayta ishlovchi korxonalarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash choralarini ishlab chiqish boʻyicha hukumatga topshiriq berildi.
Yirik chakana savdo tarmoqlarida sotilayotgan quruq va tabiiy sutdan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni alohida belgilash amaliyotini joriy etish, koʻchma goʻsht-sut shoxobchalarini tashkil qilish zarurligi taʼkidlandi.
Yirik savdo tarmoqlarida mahalliy ishlab chiqaruvchilarga teng sharoit yaratilmagani, ulardan mahsulot pulini olishdagi muammolar, aholida mahsulot sifati va narx-navosi boʻyicha shikoyatlar koʻpligi Raqobat qoʻmitasi faoliyatidagi jiddiy kamchiliklardan dalolat ekani taʼkidlandi.