Open AI Oʻzbekiston uchun Chat GPT’ga ruxsat berdi

Bu haqda kompaniya maʼlumotida aytiladi. 

Jamiyat
9-noyabr 2023 yil
Open AI Oʻzbekiston uchun Chat GPT’ga ruxsat berdi

OpenAI oʻzbekistonliklarga ChatGPT'dan foydalanishga ruxsat berishini maʼlum qildi. Bu haqda kompaniya rasmiy saytida eʼlon qilindi

Sunʼiy intellektga asoslangan soʻrovlar boʻyicha maʼlumot beruvchi ChatGPT xizmati oʻzbekistonlik foydalanuvchilar uchun ochildi. Bundan tashqari oʻnlab mamlakatlarga ham bu imkoniyat taqdim etilgan,  orasida qoʻshni Qozogʻiston,  Qirgʻiziston,  Afgʻoniston kabilar ham bor. 

Bundan avval mazkur xizmatdan faqat VPN'ni yoqqan holda, chet el raqamlar orqali roʻyxatdan oʻtish mumkin edi. Endilikda Oʻzbekistondagi aloqa operatorlari raqamlari orqali ham roʻyxatdan oʻtish mumkin.

Eslatib oʻtamiz,  Open AI sunʼiy intellektga asoslangan texnologiyalar yaratuvchi kompaniya boʻlib,  uning asoschilaridan biri Ilon Mask sanaladi. ChatGPT esa ushbu kompaniya ishlab chiqqan ommabop sunʼiy chat-loyiha sanaladi. 

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+