Xavotirli bayonot: bu yil eng issiq oktabr kuzatildi
Bundan tashqari, joriy yilning oktabr oyida Shimoliy Atlantika okeanidagi suvlarda ham harorat oshgan.

Copernicus Yevropa monitoring xizmati taqdim etgan maʼlumotlarga koʻra, 2023 yilning oktabri tarixdagi eng issiq oy boʻldi.
Bu oyda Yer yuzasining oʻrtacha harorati 15,3 darajani tashkil etdi, bu 2019 yilda oʻrnatilgan avvalgi rekorddan 0,4 darajaga yuqori.
Xizmat bayonotida 2023 yilning oktabr oyi 1991-2020 yillar uchun dunyodagi eng issiq oktabr ekanligini taʼkidlandi. Oʻrtacha harorat oktabr oyidagi boshqa koʻrsatkichdan 0,85 darajaga va 2019 yildagi avvalgi rekorddan 0,4 darajaga yuqori.
Bundan tashqari, joriy yilning oktabr oyida Shimoliy Atlantika okeanidagi suvning yuqori qatlamlaridagi oʻrtacha haroratning rekord darajasi ham qayd etilgan boʻlib, u 20,79 darajani tashkil qilgan.
Avvalroq Jahon meteorologiya tashkiloti 2023 yil sentabri tarixdagi eng issiq sentabr boʻlganini bayon qilgandi.