Toshkentda IHTga aʼzo davlatlar biznes-uchrashuvi oʻtkazildi

Uning ishida 300 ziyod xorijiy delegat qatnashdi. 

Iqtisod
8-noyabr 2023 yil
Toshkentda IHTga aʼzo davlatlar biznes-uchrashuvi oʻtkazildi

Bugun Toshkentda Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining oʻtkazilishi rejalashtirilgan XVI sammiti arafasida  ishtirokchi davlatlarning biznes-uchrashuvi oʻtkazildi. 

Uchrashuv tashkilotchilari Oʻzbekiston va IHT Savdo-sanoat palatalari, shuningdek, Tashkilot kotibiyati hisoblanadi.   
Xalqaro iqtisodiy sheriklikni mustahkamlashda navbatdagi muhim qadam hisoblangan ushbu biznes-forum IHT aʼzo-davlatlari Savdo-sanoat palatalari, vazirliklar, soha muassasalari, banklar va xususiy kompaniyalar rahbarlari hamda vakillarini toʻpladi.  

Uning ishida Ozarbayjon, Eron, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Pokiston, Tojikiston, Turkmaniston, Turkiya davlatlaridan 300 ziyod delegat va mamlakatimizdan 300 dan ortiq vakillar ishtirok etib, IHT doirasida savdo-iqtisodiy hamkorlikning holati, shuningdek, uni kengaytirish istiqbollari va faollashtirish masalalarini muhokama qildi.  

Mazkur biznes-forumni oʻtkazishdan maqsad IHT mamlakatlari bilan iqtisodiy hamkorlikni faollashtirish, Oʻzbekiston va tashkilotning aʼzo-davlatlari tadbirkorlari oʻrtasida yangi aloqalar oʻrnatishdan iborat, deyiladi rasmiy xabarda.  

Forumning asosiy vazifalari Oʻzbekiston viloyatlari va sohalarining salohiyatini namoyish etish, IHT aʼzo-mamlakatlari kompaniyalarini Oʻzbekistondagi yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirishga jalb qilish, Oʻzbekiston va IHT aʼzo-davlatlari Savdo-sanoat palatalari oʻrtasida institutsional aloqalarni mustahkamlashdan (shu jumladan, Ishbilarmonlik kengashlari doirasida) iborat.  

Forum doirasida aralash formatda ikki tomonlama uchrashuvlar tashkil etilib, ular davomida yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo sanoati, qishloq xoʻjaligi, oziq-ovqat va toʻqimachilik sanoati, savdo va boshqa sohalardagi ishbilarmonlik aloqalarini rivojlantirish maqsadida keyingi amaliy ishlar belgilab olindi.

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+