Qozogʻistonda chekka maktablar sinov tariqasida Starlink tarmogʻiga ulandi

Maʼlumotlar uzatish tezligi shu tarzda 200 Mbit/s ga yetadi.

Jahon
8-noyabr 2023 yil
Qozogʻistonda chekka maktablar sinov tariqasida Starlink tarmogʻiga ulandi

Qozogʻiston hukumati matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, mamlakat test rejimida Amerikaning Space X kompaniyasining Starlink texnologiyasidan foydalangan holda 10 ta qishloq maktabini internetga ulagan.

Bu haqda Kursiv.kz xabar bermoqda.

Bayonotda aytilishicha, 2023 yil oktabr oyida 10 ta qishloq maktabi sinov rejimida Space X’ning Starlink texnologiyasidan foydalangan holda keng polosali internetga ulangan.

Matbuot xizmatining qoʻshimcha qilishicha, maʼlumotlar uzatish tezligi shu tarzda 200 Mbit/s ga yetadi.

Qozogʻistonning chekka hududlaridagi jami ikki ming taʼlim muassasasini Starlink tarmogʻiga ulash rejalashtirilgan.

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+