Oʻzbekiston FIDE jahon chempionatiga mezbonlik qiladi
Shaxmatning rapid va blits yoʻnalishlari boʻyicha FIDE jahon chempionati 26-30 dekabr kunlari Samarqand shahrida boʻlib oʻtadi.
Shaxmatning rapid va blits yoʻnalishlari boʻyicha FIDE jahon chempionati joriy yil 26-30 dekabr kunlari Samarqand shahrida boʻlib oʻtadi. Bu haqda Butunjahon shaxmat federatsiyasi xabar berdi.
"FIDE Oʻzbekistonning shaxmat boʻyicha boy anʼanalarini va shaxmat boʻyicha super davlat boʻlganini eʼtirof etadi. Shaxmatga boʻlgan ana shunday fidoyilik va sarmoya bizni ushbu nufuzli musobaqaga mezbonlik qilishni Oʻzbekistonga ishonib topshirishimizga olib keldi", - dedi tashkilot prezidenti Arkadiy Dvorkovich.
“Oʻzbekiston 2026 yilda Shaxmat Olimpiadasiga ham mezbonlik qiladi – World Rapid va Blits kabi yirik musobaqaga mezbonlik qilish, albatta, tayyorgarlikni yanada kuchaytiradi”, — deya qoʻshimcha qildi Dvorkovich.
Shunisi eʼtiborga loyiqki, mamlakat 2022 yilgi Shaxmat Olimpiadasida 188 ta raqobatchi jamoa oʻrtasida gʻoliblikni qoʻlga kiritdi va jamoalar oʻrtasidagi jahon chempionatida Xitoydan keyin ikkinchi oʻrinni egalladi.
Ayni damda Oʻzbekistonning dunyoning kuchli 100 taligidan toʻrt nafar shaxmatchisi bor, jumladan Nodirbek Abdusattorov 2021 yilda Rapid boʻyicha jahon chempioni (17 yoshida) unvonini qoʻlga kiritgan eng yosh sportchi boʻldi.
Batafsil maʼlumotlar, jumladan, roʻyxatdan oʻtish, mehmonxonalar va vizalar haqidagi maʼlumotlar 15 noyabrgacha eʼlon qilinadi.