“Matbuot uyi” oʻrnida media shaharcha quriladi

Toshkent shahar hokimligining Yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyasi 103,4 mlrd soʻmlik tender eʼlon qilgan. Ushbu tenderda 98,8 mlrd soʻmlik taklif bilan “YANGI ZAMON BINO” MChJ gʻolib deb topildi.

Davlat xaridlari
8-noyabr 2023 yil
“Matbuot uyi” oʻrnida media shaharcha quriladi

“Matbuot uyi” oʻrnida media shaharcha quriladi

Mirobod tumani, Matbuotchilar koʻchasi 32-uy manzilida joylashgan “Matbuot uyi” bino va inshootlari hamda ularga tutash hududda zamonaviy media shaharcha tashkil etiladi. 

Buning uchun Toshkent shahar hokimligining Yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyasi 103,4 mlrd soʻmlik tender eʼlon qilgan. Ushbu tenderda 98,8 mlrd soʻmlik taklif bilan “YANGI ZAMON BINO” MChJ gʻolib deb topildi.

Davlat reyestriga koʻra, “YANGI ZAMON BINO” MChJning 49,98 foiz ulushi “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJga, qolgan 50,02 foizi esa “UNIQUE TRADE BUSINESS” MChJga tegishli. Ushbu MChJning 99 foiz ulushiga esa “ORIENT GROUP MANAGEMENT” taʼsischisi boʻlgan “GOLDEN HOUSE DEVELOPMENT” MChJ egalik qiladi.

Tender natijalariga koʻra, gʻolib boʻlgan “YANGI ZAMON BINO” MChJ bilan 98 868 134 227,00 soʻmga (QQS bilan) va qurilish muddati 840 kunda bajarish sharti bilan pudrat shartnomasi elektron imzolangan.

Maʼlumot uchun, Prezident qarori bilan 2022 yilda “Matbuot uyi” bino va inshootlari Oʻzbekiston Milliy axborot agentligiga (UzA) operativ boshqaruv huquqi asosida berilgandi. Shuningdek, qarorda zamonaviy media shaharcha tashkil etish haqida ham soʻz borgan.

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+