Isroil Baydenning iltimosini rad etdi
Ikki davlat yetakchilari oʻzaro muloqot oʻtkazgan.
AQSh prezidenti Jo Bayden Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxudan Gʻazo sektoridagi janglarni vaqtincha toʻxtatishni soʻraganini maʼlum qildi. Ammo Isroil tomonining javobi ijobiy boʻlmagan.
Axios nashri avvalroq yozishicha, Netanyaxu bilan telefon suhbatida Amerika yetakchisi garovga olinganlarning bir qismini ozod qilish uchun uch kunlik sulh eʼlon qilishni taklif qilgan.
Oq uyning bildirishicha, dushanba kuni boʻlib oʻtgan suhbat chogʻida Qoʻshma Shtatlar va Isroil yetakchilari Gʻazo sektorida gumanitar maqsadlarda “taktik pauzalar” va garovga olinganlarni ozod qilish masalasini muhokama qilgan.
Netanyaxu HAMAS tomonidan garovga olingan barcha isroilliklarni ozod qilmasdan turib, sulhga erishish mumkin emasligini aytib, vaqtinchalik sulh haqidagi taklifni rad etgan.
Maʼlumotlarga koʻra, HAMAS qoʻliga ikki yuz nafarga yaqin isroillik qolmoqda. Ular 7 oktabr kungi hujum natijasida qoʻlga olingan.
Isroil esa Gʻazoni bombardimon qilishda davom etmoqda. Gʻazodagi tibbiy boshqarma maʼlumotiga koʻra, qurbonlar soni oʻn ming kishidan oshib ketdi.
Telegramda kuzatib boring!