Xorazmda 2 ta tumanda hokim almashdi
Qoʻshkoʻpir va Shovot tumanlariga yangi hokimlar tayinlandi.

Xorzam viloyati Qoʻshkoʻpir va Shovot tumanlariga yangi hokimlar tayinlandi. Bu haqda viloyat matbuot xizmati xabar berdi.
Xususan, Shuhrat Ahmedov Qoʻshkoʻpir tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi. U bunga qadar Tuproqqalʼa tumani hokimi lavozimida faoliyat olib borgan.
Shuningdek, Oybek Xolboyev Shovot tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi. U tayinlovga qadar Urganch shahri hokimi lavozimida ishlab kelayotgan edi.