platina.uz
Jamiyat

Oʻzgidromet suv toshqinlaridan ogohlantirdi

8-9 noyabr kunlari kuchli yomgʻirlar yogʻishi kutilyapti.

Oʻzgidromet suv toshqinlaridan ogohlantirdi

Oʻzgidromet ob-havo haqida maʼlumot berar ekan, 9 ta viloyatda sel-suv toshqini xavfidan ogohlantirdi.

Maʼlumotga koʻra, 8-9 noyabr kunlari kuchli yomgʻirlar yogʻishi kutilayotgani sababli respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida shunday tabiiy hodisalar kuzatiladi.

Sel kelishi xavfi bor hududlar:

  • Qashqadaryo viloyati Yakkabogʻ, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, Gʻuzor tumanlari;
  • Surxondaryo viloyati Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Shoʻrchi, Qumqoʻrgʻon, Muzrobot tumanlari;
  • Samarqand viloyati Urgut, Samarqand, Bulungʻur, Nurobod, Qoʻshrabot, Kattaqoʻrgʻon, Payariq, Jomboy, Ishtixon tumanlari;
  • Navoiy viloyati Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana tumanlari;
  • Jizzax viloyati Zomin, Baxmal, Gʻallaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlari;
  • Toshkent viloyati Ohangaron, Boʻstonliq, Parkent, Piskent, Oʻrta Chirchiq, Yuqori Chirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlari;
  • Namangan viloyati Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqoʻrgʻon tumanlari;
  • Fargʻona viloyati Soʻx, Shohimardon, Fargʻona, Beshariq tumanlari;
  • Andijon viloyati Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qoʻrgʻontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xoʻjaobod, Marhamat tumanlarida va Xonobod shahri.
© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid