Oʻzbekistonda ayollar eng koʻp ishlaydigan 3 ta kasb?

Platina.uz bu boʻyicha aholi oʻrtasida soʻrovnoma oʻtkazdi.

Jamiyat
6-noyabr 2023 yil

“Qiz bolaga mos kasb tanlasang boʻlmaydimi?” — koʻpincha oʻqituvchi, shifokor, tikuvchilikdan boshqa kasblarni tanlagan ayol-qizlarga aytiladigan eng “mashhur” gaplardan biri. Jurnalistikani tanlaganimda, shaxsan menga ham aytilgan bu soʻzlar. Bu holat, yaʼni kasblarni “ayol yoki erkak kishiga xos” turlarga ajratish qaysidir maʼnoda ayolni ehtiyotlash tarzidagi ijobiy qarash, deyish mumkin.

Biroq bunday “ehtiyotlash” mehnat munosabatlarida kamsitishga sabab boʻlayotgani kuzatilmoqda. Ammo borgan sari ayollar bu toʻsiqlarni yengib chiqishmoqda. Bugun ayollarni nafaqat yuqorida aytilgan kasblardan tashqari yoʻnalishlarda, balki rahbar lavozimlarida ham koʻryapmiz. Bu boʻyicha aholining fikri qanday? Oʻzbekistonda ayollar eng koʻp ishlaydigan 3 ta kasb? Shu savol doirasida aholidan soʻrovnoma oʻtkazdik.

Baribir xohlaymizmi-yoʻqmi, oʻqituvchi va shifokor ayollar koʻpligi oʻnga yaqin respondenlar tomonidan aytilmoqda. Ayollarning koʻpi ishlamay, uyda oʻtirishi haqidagi fikrlar ham bor.

Bundan tashqari, ayollar doimiy ishlaydigan kasblardan: farrosh, tikuvchi, kotiba, stilist, buxgalter, tarbiyachi; daromadi yuqori boʻlgan kasblardan: tarjimon, bankir, tadbirkor, marketolog, targetolog, savdo-sotiq, yurist kabi kasblar ham sanab oʻtildi.

Odinaxon Dehqonova

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+