Nasafda durang, Navbahorda ishonchli gʻalaba
Bugun Osiyo chempionlar ligasining 4-tur oʻyinlari boshlandi.
Bugun Osiyo chempionlar ligasining 4-tur oʻyinlari boshlandi. Qarshining Nasaf jamoasi durang oʻynagan boʻlsa, Namanganning Navbahor klubi mehmonda ishonchli gʻalabaga erishdi.
Oʻz uyida Saudiyaning Sharja klubini qabul qilgan Nasaf jamoasi bu safar durang qayd etdi. 16-daqiqada mehmonlar hisobni ochgan boʻlsa, 82-daqiqada qarshiliklar hisobni tenglashtirishdi.
Eronda oʻtgan oʻyinda esa Navbahor klubi Nassaji ustidan yana gʻalabaga erishdi. Oʻyinda Golban hisobni ochgan boʻlsa, Oston Oʻrunov dubl qayd etdi.
OChL, guruh bosqichi, 4-tur
Nasaf - Sharja 1:1
Gollar: Mateus 82 - Marega 16
Nassaji - Navbahor 1:3
Gollar: Ozodi 68 - Golban 8, Oʻrunov 21, 47