Bir qator prezidentlar Toshkentga kelyapti

Sammit dasturi doirasida Oʻzbekiston yetakchisi qator ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazadi.

Siyosat
6-noyabr 2023 yil
Bir qator prezidentlar Toshkentga kelyapti

8-9 noyabr kunlari Toshkent shahrida Shavkat Mirziyoyev raisligida Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining (IHT) oʻn oltinchi sammiti boʻlib oʻtadi.

Tadbirda Ozarbayjon, Eron, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Pokiston, Tojikiston, Turkmaniston va Turkiya davlat va hukumat rahbarlari ishtirok etishi kutilmoqda.

Kun tartibiga muvofiq, IHT doirasida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiyaviy va gumanitar hamkorlikni yanada kengaytirish hamda ushbu koʻp tomonlama tuzilma faoliyatini takomillashtirish masalalari koʻrib chiqiladi.

Sammit dasturi doirasida Oʻzbekiston yetakchisi qator ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazadi.

Iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga 1985 yilda asos solingan, uning doimiy faoliyat yurituvchi kotibiyati Tehron shahrida joylashgan. Oʻzbekiston 1992 yildan boshlab IHT aʼzosidir.

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+