Erdoʻgʻon Oʻzbekistonga keladi
Bu haqda Turkiya prezidentining oʻzi jurnalistlarga maʼlum qilgan.
Siyosat
5-noyabr 2023 yil

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻon kelasi hafta Oʻzbekistonga tashrif buyuradi.
U bu haqda Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti tugashi chogʻida jurnalistlar bilan suhbatda maʼlum qilgan.
""Bu oy Ar-Riyodda Islom hamkorlik tashkilotining sammiti boʻladi. Biz ushbu sammitda qatnashamiz. Kelasi haftada Oʻzbekistonga ham tashrif buyuramiz. Bu eng hal qiluvchi vaqtda juda muhim tashriflardir. Noyabr yakunida Eron prezidenti Raisiy Turkiyaga keladi”, degan Turkiya rahbari Ostonadan qaytayotganda.
Eslatib oʻtamiz, Turkiya prezidenti soʻnggi marta 2022 yil kuzida Samarqanddagi ShHT sammiti sabab Oʻzbekistonga kelgandi.