AQSh mulozimi inson huquqlari masalasida Oʻzbekistonga kelmoqda
U bir necha yil oldin ham kelib, prezident Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashgan edi.

Inson huquqlari masalalari bilan shugʻullanuvchi fuqarolik jamiyati guruhlari bilan hamkorlik qilish maqsadida AQSh davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo boʻyicha yordamchisi Donald Lu 4-11 noyabr kunlari Qozogʻiston, Oʻzbekiston va Hindistonga safar qiladi.
Davlat kotibi yordamchisi Lu avval Qozogʻistonga borib, Qozogʻiston hukumatining yuqori martabali amaldorlari bilan uchrashadi va AQSh va Qozogʻiston oʻrtasida kengaytirilgan strategik hamkorlik boʻyicha muloqotda ishtirok etadi.
Shundan soʻng Lu AQSh-Oʻzbekiston strategik sheriklik muloqoti doirasida AQSh delegatsiyasiga rahbarlik qilish uchun Toshkentga keladi. Bu orada Lu Oʻzbekiston hukumatining yuqori martabali amaldorlari bilan uchrashib, AQSh va Oʻzbekiston xavfsizlik sohasidagi sheriklikni kengaytirish va mintaqaviy muammolarni hal qilish yoʻllarini muhokama qilish, xalqlar oʻrtasidagi aloqalarni mustahkamlash va diversifikatsiya qilish orqali ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirish yoʻllarini muhokama qiladi.
Donald Lu bir necha yil oldin ham Oʻzbekistonga kelib, prezident Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashgan edi.